jins

20
November 2026
Qimmatli qog‘ozlar va aktivlar bo‘limi boshlig‘i
Shahar: Toshkent Bandlik: To'liq Ish haqi: 17 000 000 so‘m

“O‘ztransgaz” AJ Qimmatli qog‘ozlar va aktivlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tanlov.


Lavozim nomi: Qimmatli qog‘ozlar va aktivlar bo‘limi boshlig‘i.


Nomzodga qo‘yiladigan talablar:


- Moliya, iqtisodiyot, bank ishi, buxgalteriya hisobi, investitsiyalar, menejment yoki turdosh yo‘nalishdagi oliy ma’lumot;

- Qimmatli qog‘ozlar, investitsiyalar, korporativ aktivlar yoki moliyaviy bozorlar bilan bog‘liq sohada kamida 3 yillik ish tajribasi, shundan kamida 1 yil boshqaruv lavozimida;

- Aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa moliyaviy instrumentlarning asosiy xususiyatlari hamda jarayonlarini amaliy jihatdan tushunish;

- Qimmatli qog‘ozlar portfelining daromadliligi va risklarini baholay olish;

- Moliyaviy hisobotlarni tahlil qila olish va emitentning moliyaviy holatiga oid asosiy ko‘rsatkichlarni baholay olish;

- Sohaga oid normativ-huquqiy hamda ichki me’yoriy hujjatlarni bilish.


Kasbiy ko‘nikmalar:


- Qimmatli qog‘ozlar portfelini yuritish yoki aktivlarni baholash tajribasi;

- Moliyaviy va boshqaruv hisobotlarini tahlil qilish ko‘nikmasi;

- Excel dasturida ma’lumotlar bilan ishlash, jadvallar va hisob-kitoblarni mustaqil tayyorlash hamda tahlil qila bilish;

- Hujjatlar bilan tizimli ishlash va ma’lumotlarning aniqligini nazorat qilish;

- O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozoriga oid asosiy normativ talablarni bilish;

- Tahliliy (analitik) fikrlash va raqamlar bilan ishlash qobiliyati;

- Mustaqil qaror qabul qilish va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish;

- Jamoani boshqarish, vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash va belgilangan muddatlarga rioya etilishini ta’minlash qobiliyati;

- Mas’uliyatli yondashuv, ishchanlik va muloqot madaniyati;

- Davlat va rus tillarini mukammal bilish hamda ish yuritish qobiliyati;

- Ingliz tilini bilish ma’qullanadi.


Asosiy vazifalar:


- Qimmatli qog‘ozlar va kompaniya aktivlari bilan bog‘liq operatsiyalarni tashkil etish hamda nazorat qilish;

- Qimmatli qog‘ozlar portfeli va aktivlar holatini tahlil qilish, mavjud risklarni baholash;

- Qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish, sotish va boshqa operatsiyalar bo‘yicha takliflar tayyorlash;

- Qimmatli qog‘ozlar va aktivlar harakati bo‘yicha hisob-kitoblar, hisobotlar hamda tahliliy ma’lumotlarning to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish;

- Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi o‘zgarishlarni kuzatib borish va ularning kompaniya aktivlariga ta’sirini baholash;

- Jamiyatning qimmatli qog‘ozlari, aksiyadorlar reyestri, dividend siyosati va emitent sifatidagi faoliyatiga oid ishlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirish;

- Jamiyat aksiyadorlari reyestri, aksiyalar hisobi, aksiyadorlar tarkibi va ulushlariga oid ma’lumotlarni yuritishni tashkil etish;

- Dividendlarni hisoblash va to‘lash bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish;

- Rahbariyat uchun qimmatli qog‘ozlar va aktivlar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar hamda takliflar tayyorlash;

- Bo‘limning joriy va istiqbolli ish rejalarini shakllantirish;

- Jamiyatning elektron hujjat aylanishi va ma’lumotlar bazalari bilan ishlash;

- Boshqa tashkilotlar va hamkorlar bilan ishlash;

- Boshqa vazifalar.


Ish sharoitlari:


Ish joyi: Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Energetiklar ko‘chasi, “O‘ztransgaz” AJ vaqtinchalik ma’muriy binosi

Ish rejimi: dushanba – juma, soat 09:00 dan 18:00 ga qadar (dam olish kunlari: shanba va yakshanba)

Oylik ish haqi: 17 000 000 so‘m

Mehnat shartnomasi: qonunchilik talablari va ish beruvchining qarorlariga muvofiq mehnat munosabatlarini keyinchalik davom ettirish imkoniyati bilan 1 yil muddatga tuziladigan muddatli mehnat shartnomasi

Hujjat topshirish tartibi: Ma’lumotnoma (rezyume) va hujjatlarni 2026-yil 27-noyabrga qadar b.qlichev@utg.uz elektron manzili orqali yuborish lozim.

Batafsil ma’lumot uchun: +998 71 202-10-60 (ichki: 12403), dushanba – juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar.


20
November 2026
Qimmatli qog‘ozlar va aktivlar bo‘limi bosh mutaxassisi (vaqtincha, asosiy xodim o‘rniga)
Shahar: Toshkent Bandlik: To'liq Ish haqi: 14 700 000 so‘m
“O‘ztransgaz” AJ Qimmatli qog‘ozlar va aktivlar bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimiga tanlov.

Lavozim nomi: Qimmatli qog‘ozlar va aktivlar bo‘limi bosh mutaxassisi (vaqtincha, asosiy xodim o‘rniga).

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

- Moliya, iqtisodiyot, bank ishi, buxgalteriya hisobi, menejment yoki turdosh yo‘nalishdagi oliy ma’lumot;
- Qimmatli qog‘ozlar, korporativ aktivlar yoki moliya sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi;
- Aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa moliyaviy instrumentlarning asosiy xususiyatlarini amaliy jihatdan tushunish;
- Moliyaviy hisobotlarni tahlil qila olish va emitentning moliyaviy holatiga oid asosiy ko‘rsatkichlarni baholay olish;
- Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni hujjatlashtirish va hisobga olish;
- Sohaga oid asosiy normativ-huquqiy hujjatlardan xabardor bo‘lish hamda ularni amaliyotda qo‘llay bilish.

Kasbiy ko‘nikmalar:

- Moliyaviy risklarni aniqlash va ularning ehtimoliy ta’sirini baholash;
- Moliyaviy hisob-kitoblar, tahliliy jadvallar va hisobotlarni mustaqil shakllantira olish;
- Katta hajmdagi moliyaviy ma’lumotlarni tizimlashtirish, taqqoslash hamda ular asosida xulosa va takliflar tayyorlash qobiliyati;
- Hujjatlar bilan ishlashda mas’uliyat va moliyaviy ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
- Belgilangan muddatlarga rioya qilish;
- Ishchanlik va muloqot madaniyati;
- Jamoada samarali ishlash qobiliyati;
- O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish hamda ish yuritish qobiliyati;
- Ingliz tilini bilish ma’qullanadi.

Asosiy vazifalar:

- Qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish, ularni hisobga olish, ularga oid ma’lumotlarni yig‘ish va tizimlashtirish;
- Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimlarning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi va bajarilishini ta’minlash;
- Dividendlarni hisoblash va to‘lash jarayonida aksiyadorlar reyestri, to‘lov ma’lumotlari hamda boshqa zarur hujjatlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni tayyorlash;
- Faoliyat yo‘nalishidagi masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar bilan muloqot qilish hamda ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish;
- Qimmatli qog‘ozlar portfeli bo‘yicha muntazam tahliliy ma’lumotlar, hisobotlar va takliflar tayyorlashda ishtirok etish;
- Qimmatli qog‘ozlar va moliyaviy aktivlar bo‘yicha Jamiyatning muhim faktlari, choraklik va yillik hisobotlari, shuningdek, emitent sifatidagi boshqa majburiy axborotlarini o‘z vakolati doirasida tayyorlash hamda oshkor qilish jarayonida ishtirok etish;
- Jamiyat aksiyadorlariga Jamiyat qimmatli qog‘ozlari, aksiyalarni hisobga olish, aksiyadorlar reyestri va dividendlar masalalari bo‘yicha o‘z vakolati doirasida tushuntirishlar berishda ishtirok etish;
- Jamiyatning elektron hujjat aylanishi va ma’lumotlar bazalari bilan ishlashda ishtirok etish;
- Boshqa vazifalar.

Ish sharoitlari:

Ish joyi: Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Energetiklar ko‘chasi, “O‘ztransgaz” AJ vaqtinchalik ma’muriy binosi
Ish rejimi: dushanba – juma, soat 09:00 dan 18:00 ga qadar (dam olish kunlari: shanba va yakshanba)
Oylik ish haqi: 14 700 000 so‘m
Mehnat shartnomasi: asosiy xodim ishga chiqquniga qadar (kamida 1 yil muddatga) tuziladigan muddatli mehnat shartnomasi
Hujjat topshirish tartibi: Ma’lumotnoma (rezyume) va hujjatlarni 2026-yil 27-noyabrga qadar b.qlichev@utg.uz elektron manzili orqali yuborish lozim.
Batafsil ma’lumot uchun: +998 71 202-10-60 (ichki: 12403), dushanba – juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar.

20
November 2026
Markaziy buxgalteriya bosh mutaxassisi (ijroiya apparati)
Shahar: Toshkent Bandlik: To'liq Ish haqi: 14 700 000 so‘m
“O‘ztransgaz” AJ ijroiya apparati Markaziy buxgalteriya bosh mutaxassisi lavozimiga tanlov.

Lavozim nomi: Markaziy buxgalteriya bosh mutaxassisi (ijroiya apparati).

Malakaviy talablar:

- Iqtisodiyot, audit yoki moliyaviy menejment mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumot;
- Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (MHXS) joriy etish yo‘nalishi bo‘yicha, shuningdek, buxgalteriya yoki iqtisodiyot sohasida kamida 2 yillik mehnat staji yoxud xalqaro auditorlik korxonalarida kamida 1 yillik ish staji.

Qo‘shimcha talablar:

- O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilish;
- Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risidagi hujjatga yoxud quyidagi sertifikatlardan biriga ega bo‘lish:
- Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA);
- Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ACCA);
- Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (CPA);
- Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR).

Ish sharoitlari:

Ish joyi: Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Energetiklar ko‘chasi, “O‘ztransgaz” AJ vaqtinchalik ma’muriy binosi
Ish rejimi: dushanba – juma, soat 09:00 dan 18:00 ga qadar (dam olish kunlari: shanba va yakshanba)
Oylik ish haqi: 14 700 000 so‘m
Mehnat shartnomasi: qonunchilik talablari va ish beruvchining qarorlariga muvofiq mehnat munosabatlarini keyinchalik davom ettirish imkoniyati bilan 1 yil muddatga tuziladigan muddatli mehnat shartnomasi
Hujjat topshirish tartibi: Ma’lumotnoma (rezyume) va hujjatlarni 2026-yil 27-noyabrga qadar b.qlichev@utg.uz elektron manzili orqali yuborish lozim.
Batafsil ma’lumot uchun: +998 71 202-10-60 (ichki: 12403), dushanba – juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar.

19
November 2026
Qoraqalpog‘iston va Xorazm hududlarida gaz transport tizimini ekspluatatsiya qilish bo‘limi boshlig‘i
Shahar: Toshkent Bandlik: To'liq
Aloqa ma'lumotlari
Ism: Azizova Surayyo
Telefon: +998 (71) 202 10 60 (12401)
Email: hr@utg.uz   

Ta'lim: neft-gaz ishi, neft va gazni tashish va saqlash, gaz ta'minoti, energetika yo'nalishlari bo'yicha oliy texnik (bakalavr yoki magistr).
Ish tajribasi: gaz quvurlari tizimlari, energetika yoki muhandislik-texnik va boshqaruv lavozimlarida ishlash sohasida kamida 3 yil.
Ko'nikmalar: kompyuter va ofis dasturlarini boshqarish (Microsoft Office), Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatining tabiiy gaz va gaz transporti tizimlarini tashishning texnologik jarayonlarini bilish.
Tillar: o'zbek va rus.  

19
November 2026
Qoraqalpog‘iston va Xorazm hududlarida gaz transport tizimini ekspluatatsiya qilish bo‘limi bosh mutaxassisi
Shahar: Toshkent Bandlik: To'liq
Aloqa ma'lumotlari
Ism: Azizova Surayyo
Telefon: +998 (71) 202 10 60 (12401)
Email: hr@utg.uz   

Ta'lim: neft-gaz ishi, neft va gazni tashish va saqlash, gaz ta'minoti, energetika yo'nalishlari bo'yicha oliy texnik (bakalavr yoki magistr).
Ish tajribasi: gaz quvurlari tizimlari, energetika yoki muhandislik-texnik va boshqaruv lavozimlarida ishlash sohasida kamida 2 yil.
Ko'nikmalar: kompyuter va ofis dasturlarini boshqarish (Microsoft Office), Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatining tabiiy gaz va gaz transporti tizimlarini tashishning texnologik jarayonlarini bilish.
Tillar: o'zbek va rus.

19
November 2026
Qoraqalpog‘iston va Xorazm hududlarida gaz transport tizimini ekspluatatsiya qilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi
Shahar: Toshkent Bandlik: To'liq
Aloqa ma'lumotlari
Ism: Azizova Surayyo
Telefon: +998 (71) 202 10 60 (12401)
Email: hr@utg.uz   

Ta'lim: neft-gaz ishi, neft va gazni tashish va saqlash, gaz ta'minoti, energetika yo'nalishlari bo'yicha oliy texnik (bakalavr yoki magistr).
Ish tajribasi: gaz quvurlari tizimlari, energetika yoki muhandislik-texnik va boshqaruv lavozimlarida ishlash sohasida kamida 1 yil.
Ko'nikmalar: kompyuter va ofis dasturlarini boshqarish (Microsoft Office), Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatining tabiiy gaz va gaz transporti tizimlarini tashishning texnologik jarayonlarini bilish.
Tillar: o'zbek va rus.

19
November 2026
Markaziy buxgalteriya bosh mutaxassisi
Shahar: Toshkent Bandlik: To'liq
Aloqa ma'lumotlari
Ism: Azizova Surayyo
Telefon: +998 (71) 202 10 60 (12401)
Email: hr@utg.uz   

Ta'lim: buxgalteriya hisobi, moliya, iqtisodiyot yoki audit sohasida oliy (bakalavr yoki magistr).
Ish tajribasi: buxgalteriya hisobi, moliyaviy buxgalteriya hisobi yoki iqtisodiyot sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi.
Ko'nikmalar: buxgalteriya hisobi, soliq qonunchiligi, moliyaviy hisobot, buxgalteriya hisobining milliy va xalqaro standartlarini bilish; Microsoft Office (ayniqsa Excel), buxgalteriya dasturlariga (1C, SAP, Oracle yoki shunga o'xshash) ishonchli egalik qilish; moliyaviy ko'rsatkichlarni tahlil qilish, hisobot berish va katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlash qobiliyati.
Tillar: o'zbek, rus, ingliz.

19
November 2026
Mahalliylashtirish, kooperatsiya va innovatsiyalar bo'limi boshlig'i
Shahar: Toshkent Bandlik: To'liq
Aloqa ma'lumotlari
Ism: Azizova Surayyo
Telefon: +998 (71) 202 10 60 (12401)
Email: hr@utg.uz   

Ta'lim: iqtisodiyot, menejment, sanoat muhandisligi, mashinasozlik, loyihalarni boshqarish yoki innovatsion menejment bo'yicha oliy (bakalavr yoki magistr).
Ish tajribasi: sanoat, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, kooperatsiya, innovatsiya yoki loyihalarni boshqarish sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi, shu jumladan kamida 2 yillik rahbarlik tajribasi.
Ko'nikmalar: ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlari, ishlab chiqarish kooperatsiyasi tamoyillari, loyihalarni boshqarish, bozorni tahlil qilish, investitsiya va innovatsion rivojlanish; tahliliy materiallarni tayyorlash, muzokaralar olib borish, loyihalarni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash ko'nikmalari; Microsoft Office va ixtisoslashtirilgan axborot tizimlariga ishonchli egalik qilish.
Tillar: o'zbek, rus, ingliz. 

19
November 2026
Kiberxavfsizlik bo'limi boshlig'i
Shahar: Toshkent Bandlik: To'liq
Aloqa ma'lumotlari
Ism: Azizova Surayyo
Telefon: +998 (71) 202 10 60 (12401)
Email: hr@utg.uz   

Ta'lim: axborot xavfsizligi, axborot texnologiyalari, kompyuter fanlari, dasturiy ta'minot muhandisligi yoki telekommunikatsiyalar bo'yicha oliy (bakalavr yoki magistr).
Ish tajribasi: axborot va kiberxavfsizlik sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi.
Ko'nikmalar: xalqaro axborot xavfsizligi standartlari (ISO / IEC 27001), axborot tizimlarini himoya qilish tamoyillari, tarmoq xavfsizligi, xavflarni boshqarish, hodisalarga javob berish, kriptografik axborotni himoya qilish; xavfsizlikni monitoring qilish va tahlil qilish vositalari, Microsoft Office va ixtisoslashtirilgan dasturiy ta'minotga ega bo'lish; axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va axborotni himoya qilish jarayonlarini tashkil etish ko'nikmalari.
Tillar: o'zbek, rus, ingliz.

19
November 2026
Ichki audit xizmati boshlig'i
Shahar: Toshkent Bandlik: To'liq
Aloqa ma'lumotlari
Ism: Azizova Surayyo
Telefon: +998 (71) 202 10 60 (12401)
Email: hr@utg.uz   

Ta'lim: buxgalteriya hisobi, moliya, iqtisodiyot, audit yoki menejment bo'yicha oliy (bakalavr yoki magistr).
Ish tajribasi: ichki yoki tashqi audit, moliyaviy nazorat yoki risklarni boshqarish sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi.
Ko'nikmalar: ichki audit, buxgalteriya hisobi, moliyaviy tahlil, korporativ boshqaruv, ichki nazorat va risklarni boshqarishning xalqaro standartlarini bilish; auditorlik tekshiruvlarini rejalashtirish va o'tkazish, hisobot va tavsiyalar tayyorlash ko'nikmalari; Microsoft Office, ma'lumotlarni tahlil qilish dasturlari va ixtisoslashtirilgan axborot tizimlariga ishonchli egalik qilish.
Tillar: o'zbek, rus, ingliz.

19
November 2026
Ichki audit xizmatining bosh mutaxassisi
Shahar: Toshkent Bandlik: To'liq
Aloqa ma'lumotlari
Ism: Azizova Surayyo
Telefon: +998 (71) 202 10 60 (12401)
Email: hr@utg.uz   

Ta'lim: buxgalteriya hisobi, moliya, iqtisodiyot yoki audit sohasida oliy (bakalavr yoki magistr).
Ish tajribasi: ichki yoki tashqi audit, moliyaviy nazorat yoki buxgalteriya sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi.
Ko'nikmalar: ichki auditning xalqaro standartlari, ichki nazorat tamoyillari, moliyaviy tahlil va xatarlarni boshqarish bo'yicha bilimlar; auditorlik tekshiruvlarini o'tkazish, moliyaviy-xo'jalik faoliyatini tahlil qilish, auditorlik xulosalarini tayyorlash ko'nikmalari; Microsoft Office, Excel va ixtisoslashtirilgan ma'lumotlarni tahlil qilish dasturlariga ishonchli egalik qilish.
Tillar: o'zbek, rus, ingliz.

19
November 2026
Ichki audit xizmatining yetakchi mutaxassisi
Shahar: Toshkent Bandlik: To'liq
Aloqa ma'lumotlari
Ism: Azizova Surayyo
Telefon: +998 (71) 202 10 60 (12401)
Email: hr@utg.uz   

Ta'lim: buxgalteriya hisobi, moliya, iqtisodiyot yoki audit sohasida oliy (bakalavr yoki magistr).
Ish tajribasi: ichki yoki tashqi audit, buxgalteriya hisobi, moliyaviy nazorat yoki iqtisodiyot sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi.
Ko'nikmalar: ichki audit, buxgalteriya hisobi, moliyaviy tahlil, ichki nazorat va risklarni boshqarish asoslarini bilish; Microsoft Office (Excel, Word), hujjatlarni tahlil qilish, hisobotlarni tayyorlash, ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlash, me'yoriy hujjatlar bilan ishlash ko'nikmalariga ega bo'lish.
Tillar: o'zbek va rus.

19
November 2026
Moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish va to‘lovni amalga oshirish bo‘limi bosh mutaxassisi
Shahar: Toshkent Bandlik: To'liq
Aloqa ma'lumotlari
Ism: Azizova Surayyo
Telefon: +998 (71) 202 10 60 (12401)
Email: hr@utg.uz   

Ta'lim: moliya, buxgalteriya hisobi, iqtisodiyot yoki bank ishi sohasida oliy (bakalavr yoki magistr).
Ish tajribasi: moliya, buxgalteriya hisobi, g‘aznachilik yoki bank operatsiyalari sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi.
Ko'nikmalar: byudjet va buxgalteriya hisobi qonunchiligini, to‘lov va hisob-kitob operatsiyalarini o‘tkazish qoidalarini bilish; birlamchi hujjatlarni tekshirish, moliyaviy majburiyatlarni hisobga olish va to‘lov topshiriqnomalarini shakllantirish ko‘nikmalari; Microsoft Office (Excel) va ixtisoslashtirilgan buxgalteriya/g‘aznachilik tizimlarida erkin ishlay olish.
Tillar: o‘zbek, rus, ingliz tillari.

19
November 2026
Loyihalarni moliyalashtirishni tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i
Shahar: Toshkent Bandlik: To'liq
Aloqa ma'lumotlari
Ism: Azizova Surayyo
Telefon: +998 (71) 202 10 60 (12401)
Email: hr@utg.uz   

Ta'lim: moliya, iqtisodiyot, investitsiyalar yoki menejment sohasida oliy (bakalavr yoki magistr).
Ish tajribasi: loyihaviy moliyalashtirish, investitsiya tahlili, kreditlash yoki korporativ moliya sohasida rahbarlik lavozimida kamida 5 yillik ish tajribasi.
Ko'nikmalar: loyihaviy moliyalashtirish tamoyillari, moliyaviy modellashtirish va investitsiya risklarini baholashni bilish; bitimlarni tuzish, moliyalashtirishni jalb qilish, biznes-rejalar va investorlar uchun taqdimotlar tayyorlash ko‘nikmalari; Microsoft Office, moliyaviy modellar va tahliliy dasturlarda erkin ishlay olish.
Tillar: o‘zbek, rus, ingliz tillari.

19
November 2026
Yuridik bo‘limi boshlig‘i
Shahar: Toshkent Bandlik: To'liq
Aloqa ma'lumotlari
Ism: Azizova Surayyo
Telefon: +998 (71) 202 10 60 (12401)
Email: hr@utg.uz   

Ta'lim: oliy yuridik (bakalavr yoki magistr).
Ish tajribasi: korporativ, moliya yoki bank sektorida yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 5 yillik ish tajribasi.
Ko'nikmalar: fuqarolik, korporativ, moliya, soliq va mehnat qonunchiligini bilish; shartnomalar va ichki normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, talabnoma-da'vo ishlari, bitimlarni hamrohlik qilish hamda sudlar va davlat organlarida manfaatlarini himoya qilish ko‘nikmalari; Microsoft Office va huquqiy axborot tizimlarida (Lex.uz va boshqalar) erkin ishlay olish.
Tillar: o‘zbek, rus, ingliz tillari. 

19
November 2026
Qimmatli qog‘ozlar va aktivlar bo‘limi boshlig‘i
Shahar: Toshkent Bandlik: To'liq
Aloqa ma'lumotlari
Ism: Azizova Surayyo
Telefon: +998 (71) 202 10 60 (12401)
Email: hr@utg.uz   

Ta'lim: moliya, iqtisodiyot, qimmatli qog‘ozlar bozori yoki investitsiyalar sohasida oliy (bakalavr yoki magistr).
Ish tajribasi: qimmatli qog‘ozlar bozorida, aktivlarni boshqarish, investitsiya bankingi yoki korporativ moliya sohasida rahbarlik lavozimida kamida 5 yillik ish tajribasi.
Ko'nikmalar: qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilikni, aktivlarni baholash va investitsiya portfelini boshqarish tamoyillarini bilish; qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish, fond bozorini tahlil qilish, depozitariylar va regulyatorlar bilan hamkorlik qilish ko‘nikmalari; Microsoft Office va ixtisoslashtirilgan savdo/tahliliy tizimlarda erkin ishlay olish.
Tillar: o‘zbek, rus, ingliz tillari.

19
November 2026
Komplaens-nazorat bo‘limi boshlig‘i
Shahar: Toshkent Bandlik: To'liq
Aloqa ma'lumotlari
Ism: Azizova Surayyo
Telefon: +998 (71) 202 10 60 (12401)
Email: hr@utg.uz   

Ta'lim: yurisprudensiya, moliya, iqtisodiyot yoki audit sohasida oliy (bakalavr yoki magistr).
Ish tajribasi: komplaens-nazorat, ichki nazorat, audit, yurisprudensiya yoki jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish (JDLQK) sohasida rahbarlik lavozimida kamida 5 yillik ish tajribasi.
Ko'nikmalar: korrupsiyaga qarshi qonunchilik, komplaens-nazorat standartlari va JDLQK talablarini bilish; komplaens-risklarni aniqlash va baholash, kontragentlarni tekshirish (Due Diligence), ichki siyosatlarni ishlab chiqish va yo‘riqnomalar o‘tkazish ko‘nikmalari; Microsoft Office va axborot-tahliliy ma’lumotlar bazalarida erkin ishlay olish.
Tillar: o‘zbek, rus, ingliz tillari.

19
November 2026
Ichki nazorat va operatsion havf-xatarlarni boshqarish xizmati bosh mutaxassisi
Shahar: Toshkent Bandlik: To'liq
Aloqa ma'lumotlari
Ism: Azizova Surayyo
Telefon: +998 (71) 202 10 60 (12401)
Email: hr@utg.uz   

Ta'lim: moliya, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, audit yoki risk-menejment sohasida oliy (bakalavr yoki magistr).
Ish tajribasi: ichki nazorat, risklarni boshqarish, audit yoki moliyaviy tahlil sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi.
Ko'nikmalar: risklarni boshqarishning xalqaro standartlari (COSO, ISO 31000) va ichki nazorat tamoyillarini bilish; operatsion risklarni aniqlash, baholash va monitoring qilish, biznes-jarayonlarni tahlil qilish, risklar reyestrini yuritish va tahliliy hisobotlar tayyorlash ko‘nikmalari; Microsoft Office (Excel) va ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan dasturlarda erkin ishlay olish.
Tillar: o‘zbek, rus, ingliz tillari.