jins

Uztransgaz

31.03.2026

Zirabuloq va Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasida "O‘ztransgaz" AJ Boshqaruvning ishonchli vakili ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazildi. Suhbat davomida shtat birliklarini maqbullashtirish masalasi, ishga kirish va GTS operatorlarining xizmat uylarini xususiylashtirishga doir masalalar ko‘tarildi.
photo_2026-07-02_17-53-52.jpg
Shtat birliklari masalasidagi murojaatlar yuzasidan, bu borada amalga oshirilayotgan tadbirlar va O‘zbekiston Respublikasi "Mehnat kodeksi"ning shu masalalarni tartibga soluvchi tegishli normalari to'g'risida tushuntirish berildi. Xizmat uylarini xususiylashtirish yuzasidan "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonun talabiga muvofiq o‘rganish olib borilgan va ariza muallifiga javob xatlari yo‘llangan.
photo_2026-07-02_17-53-56.jpg
"O‘ztransgaz" AJda mutasaddilar "Shimoliy So‘x" GYOSI ishchi-xodimlarini qabul qildi. Murojaatchilar joriy yilning may oyidan inshootda qorovul xizmati autsorsingga chiqarilayotganligi sababli ular bilan mavjud mehnat munosabatlarini saqlab qolishni so'rashdi. Ishchi-xodimlarga bu masala muqaddam Jamiyat rahbariyati tomonidan o'rganib chiqilgani va ijobiy hal etilganligi ma'lum qilindi.


Ro'yxatga qaytish