“Yoshlarga e’tibor – kelajakka e’tibor!”
Uztransgaz
25.06.2026
Yoshlar forumining dastlabki kunida respublikamizning turli hududlaridan kelgan faol va tashabbuskor yoshlarimiz poytaxtimiz markazida jamuljam bo‘lishdi. Forum dasturining eng hayajonli va unutilmas qismi — Toshkent shahridagi muhtasham va betakror “Islom sivilizatsiyasi markazi”ga uyushtirilgan ekskursiya bo‘ldi.🏛✨
Ushbu muqaddas va ulug‘vor maskan yoshlarimizda juda katta taassurot qoldirdi. Sayohat davomida ishtirokchilar boy tariximiz, madaniy merosimiz hamda jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning hayoti va ilmiy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Bu sayohat nafaqat bilim, balki har bir yosh qalbida ajdodlarimizga bo‘lgan cheksiz g‘urur va iftixor tuyg‘usini uyg‘otdi, ulkan ma’naviy ozuqa berdi.