jins

Uztransgaz

27.10.2026

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tezkor shtabining 2026-yil 25-iyluldagi 1-sonli bayoni ijrosini ta’minlash hamda aholi murojaatlarida ko‘tarilgan tizimli muammolarni tezkor hal etish maqsadida, “O‘ztransgaz” AJ tezkor shtabi a’zolari tomonidan hududlarga chiqqan holda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, ishchi guruh tomonidan “Shimoliy So‘x” gazni yer ostida saqlash inshootining autsorsing tizimiga o‘tkazilgan ish o‘rinlarida faoliyat yuritayotgan 19 nafar qorovullik qo‘riqlash xizmati xodimlarining murojaatlari joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

Aniqlangan tizimli muammolarni qonuniy hal etish va fuqarolarning mehnat huquqlarini ta’minlash bo‘yicha “O‘ztransgaz” AJ tomonidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Ro'yxatga qaytish