"O'ztransgaz" AJda Near Miss madaniyatini rivojlantirish bo'yicha onlayn uchrashuv o'tkazildi"
Uztransgaz
29.06.2026
"O'ztransgaz" AJ Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi departamenti tomonidan tarkibiy tashkilotlarning mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi hamda boshqa ishlab chiqarish xizmatlari muhandislari ishtirokida Near Miss (baxtsiz hodisaga olib kelishi mumkin bo'lgan xavfli holat) mavzusida onlayn uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuv davomida Near Miss tushunchasi, uni aniqlash, ro'yxatga olish va tahlil qilishning amaliy jihatlari, shuningdek korxonada xavfsizlik madaniyatini rivojlantirishdagi ahamiyati muhokama qilindi.
Near Miss - bu baxtsiz hodisa yoki avariyaga olib kelishi mumkin bo'lgan, biroq o'z vaqtida aniqlangani yoki tasodif tufayli salbiy oqibat yuz bermagan holatdir.
Bunday holatlarni o'z vaqtida aniqlash va tahlil qilish kelajakdagi baxtsiz hodisalar, jarohatlanishlar hamda ishlab chiqarishdagi avariyalarning oldini olish imkonini beradi.
Near Miss hodisalarini tizimli ravishda hisobga olish va tahlil qilish "O'ztransgaz" AJda xavflarni proaktiv boshqarish, xavfsizlik madaniyatini mustahkamlash hamda mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi tizimini doimiy takomillashtirishning muhim yo'nalishlaridan biridir.
Hurmatli hamkasblar! Sizdan uchragan barcha Near Miss holatlari haqida xabar berishingizni so'raymiz. Ma'lumotni bevosita "O'ztransgaz" AJ Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi departamentiga yoki o'zingiz faoliyat yuritayotgan tarkibiy tashkilotning mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi xizmatiga yetkazishingiz mumkin.
Muhimi, Near Miss haqida xabar bergan xodim jazolanmaydi. Aksincha, bunday xabarlar mavjud xavflarni aniqlash, ularning sabablarini bartaraf etish hamda mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi tizimini yanada takomillashtirish uchun xizmat qiladi. Har bir xabar kelajakdagi baxtsiz hodisaning oldini olishga qo'shilgan muhim hissa hisoblanadi.