«O'ztransgaz» AJ boshqaruv raisining navbatdagi shaxsiy qabuli bo'lib o'tdi.
Uztransgaz
16.07.2026
«O'ztransgaz» AJda jismoniy va yuridik shaxslar hamda tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini qonuniy hal etish maqsadida tizimli ravishda rahbarlarning shaxsiy qabullari tashkil etib kelinmoqda. Xususan, qabul darajasida «Industriya Investment» MCHJ va Muborak MGQB o'rtasida tovar-xom ashyo birjasi orqali filtr separator mahsulotlarini yetkazib berish bo'yicha tuzilgan 3957391-sonli shartnoma yuzasidan yuzaga kelgan masala muhokama qilindi. Tadbirkorlik sub'ekti vakili ayni paytda mahsulotni o'z vaqtida ishlab chiqarish va yetkazib berishning ob'ektiv sabablarga ko'ra imkoniyati mavjud emasligini bayon qilib, shartnomani hech qanday jarima sanksiyalari qo'llamasdan bekor qilishda amaliy yordam so'radi. Boshqaruv raisi A.Isakov tomonidan ushbu murojaat diqqat bilan tinglanib, masalani amaldagi qonunchilik va birja qoidalari doirasida, tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlagan holda adolatli ko'rib chiqish bo'yicha Jamiyatning tegishli Mutasaddilariga topshiriq va ko'rsatmalar berildi.
«O'ztransgaz» AJ shaffoflik, qonun ustuvorligi va tadbirkorlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlik tamoyillariga sodiq qolgan holda, kelib tushayotgan har bir murojaatni atroflicha o'rganishda davom etadi.