jins

Uztransgaz

23.02.2026

Joriy yil uchun tasdiqlangan reja-jadvaliga muvofiq, 2026 yilning 20 fevral kuni “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruvi raisi Askar Sharifjonovich Isakov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Mazkur qabulda Toshkent shahri, Olmazor tumani, Paxta MFY, Sag‘bon 12-tor ko‘chasi, 12-a uyda istiqomat qiluvchi Umida Bekturdievna Abdullaeva qatnashib, o‘g‘li Sardor Yusupovga "O‘ztransgaz" AJ xodimi Tadjibaeva Faridaning qizi Tursinova Moxirani 2023 yilning may oyida kelin qilib tushurganligini, 2024 yilning 24 may kuni Muhammadumar ismli o‘g‘il farzandlari dunyoga kelganligini, 2024 yilning sentabr oyida kelini Moxira Tursinova ajrashaman, yashamayman deb uydan chiqib ketganligini, ular 2 yildan buyon er-xotin birga yashashmasligini, shu kundan boshlab uyida tinchlik yo‘qolganligini, har safar narsalarni olib ketamiz deb onasi va qizi kelib tinchini buzib shovqin chiqarib, uyga kirganidan keyin bor yo‘g‘i bir ikkita narsalarni olib janjal chiqarib ketishayotganligini, bir necha marotaba narsalarni hammasini olib ketinglar deb aytishiga qaramasdan yana bir bahona bilan kelib, janjal chiqarib mahallada shovqin qilib ketishayotganligini, shundan so‘ng uyga kiritmay qo‘yganidan keyin narsalarimni olib ketishga qo‘ymayapti-deb mahalla komissiyasiga qo‘ng‘iroq qilib baqir-chaqir qilishganligini, 2026 yilning 21 yanvar kuni o‘rtalaridagi nikohni bekor qilish to‘g‘risida sudning ajrimi chiqarilganligini, shunday bo‘lsada haligacha tinchini buzib kelishayotganligini, o‘g‘li farzandini ko‘rishga borganida kelini 102 ga qo‘ng‘iroq qilib, erim mani urayapti deb ichki ishlar xodimlarini bir necha marotaba chaqirganligini, kelini o‘zi bolani ko‘rishga keling-deb chaqirishini, bugungi kunga kelib majburiy ijro byurosi xodimlariga shantaj qilib, uyga kiritib qo‘yishni aytishayayotganligini, bo‘lmasa uy olib berasan-deb tovlamachilik qilishayotganligini, xodimingiz Farida Tadjibaeva qizi Moxira Tursinovani yig‘ishtirib, tartibga chaqirishda amaliy yordam berishingizni so‘raydi.  

Fuqaro Umida Bekturdievna Abdullaevaning murojaatidagi masalasi eshitildi hamda unga mazkur masalasi yuzasidan jamiyatning tegishli departament va bo‘lim mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilishi va qonunda belgilangan muddatda yozma javob xati yuborilishi to‘g‘risida tushuntirildi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning shaxsiy qabullari davom etmoqda.

“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi va o‘rinbosarlari, jamiyat tasarrufidagi korxona va tashkilot rahbarlari va o‘rinbosarlarining qabul kunlari va vaqti rasmiy manbalarda muntazam e’lon qilib boriladi.

Ro'yxatga qaytish