jins

Uztransgaz

14.04.2026

Joriy yil uchun tasdiqlangan reja-jadvaliga muvofiq, 2026 yilning 13 aprel kuni “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv a’zosi Shuxrat Sobirovich Boboyev tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

        Ushbu qabulda Samarqand viloyati, Payariq tumani, Fitrat MFYda istiqomat qiluvchi Muxammadiev Ma’murjon Jamolovich qatnashib, uni uyi xavfli hududga tushib qolgan deb, qurilish qilishiga ruxsat berishmayotganligini, Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan ogohlantirish xati ham berilganligini, unga qurilish qilishi uchun boshqa joydan yer yoki kompensatsiya to‘lab berilishida amaliy yordam berishni so‘rayman.

Fuqaro Muxammadiev Ma’murjon Jamolovichning murojaatidagi masalasi eshitildi hamda unga mazkur masalasi yuzasidan jamiyatning tegishli departament va bo‘lim mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilishi va qonunda belgilangan muddatda yozma javob xati yuborilishi to‘g‘risida tushuntirildi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning shaxsiy qabullari davom etmoqda.

“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi va o‘rinbosarlari, jamiyat tasarrufidagi korxona va tashkilot rahbarlari va o‘rinbosarlarining qabul kunlari va vaqti rasmiy manbalarda muntazam e’lon qilib boriladi.

Ro'yxatga qaytish