jins

Uztransgaz

13.03.2026

Joriy yil uchun tasdiqlangan reja-jadvaliga muvofiq, 2026 yilning 13 mart kuni “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruvi raisi Askar Sharifjonovich Isakov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabulda Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, A.Navoiy MFY, A.Navoiy ko‘chasida istiqomat qiluvchi Nishonova Kamolaxon Abdurashidovna qatnashib, u o‘z murojaatida 22 yil “O‘ztransgaz” AJ tasarrufidagi korxonada ishlab kelganligini, 2012 yilda unga “O‘ztrangsaz” AJ tamonidan uy berilganligini, 2017 yilda korxonada shtatlar qisqartirilishi natijasida uni lavozimi qisqartirilib, 8 oy uyda o‘tirganligini shundan keyin uni Shimoliy So‘x GEOSIga yordamchi xizmat bo‘limiga 0,5 stavkaga ishga qabul qilishganligini, 3 yil 0,5 stavka ishlaganligini, oilaviy sharoitini, qiynalayotganligini ko‘rishib Shimoliy So‘x rahbari A.Sh.Xayitbaev 1 stavka ishga o‘tkazganligini, 8 yildan buyon farosh bo‘lib ishlab kelayotganligini, 03.03.2026 yil kuni shu tashkilotda ishlaganiga 31 yil bo‘lganligini, ish jarayonida unga yuklatilgan vazifalarni sitqidildan bajarganligini, rahbariyat tomonidan intizomiy chora olmaganligini, uni oylik ish haqidan boshqa daromadi yo‘qligini,.hozirga kelib korxonadan ogohlantirish xati olganligini, turmush o‘rtog‘i 01.10.2009 yil seroz kasalligi bo‘yicha vafot etganligini, 1 nafar o‘g‘il farzadi borligini, o‘g‘li hozirgi kunda Qo‘qon neft-gaz texnikumida sirtqi kontrakt asosida o‘qishligini, agrobankidan 16 million, Xalq bankidan 100 million, TBSI bankidan 10 million ipoteka subsidiya shartnomasi bo‘yicha kreditga dom olganligini, 1 milyard 221.561.936.97 so‘mga oyiga 4 million puli 20 yilga endi 4 oydan beri to‘layotganligini, uni boshqa tashkilot xarajatlarini qoplamasligini, uning murojaatini ijobiy hal qilib berishni, qanaqa ish bo‘lsayam shu ishxonada qolishiga, nafaqaga chiqishiga 7 yil qolganligini inobatga olib yordam qilishni so‘radi.

Fuqaro Nishonova Kamolaxon Abdurashidovnaning murojaatidagi masalasi eshitildi hamda unga mazkur masalasi yuzasidan jamiyatning tegishli departament va bo‘lim mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilishi va qonunda belgilangan muddatda yozma javob xati yuborilishi to‘g‘risida tushuntirildi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning shaxsiy qabullari davom etmoqda.

“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi va o‘rinbosarlari, jamiyat tasarrufidagi korxona va tashkilot rahbarlari va o‘rinbosarlarining qabul kunlari va vaqti rasmiy manbalarda muntazam e’lon qilib boriladi.

Ro'yxatga qaytish