Jismoniy va yuridik shaxslarning qabuli davom etmoqda
04.06.2026
Joriy yil uchun tasdiqlangan reja-jadvaliga muvofiq, 2026 yilning 3 iyun kuni “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv a’zosi Shuxrat Sobirovich Boboyev tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Ushbu qabulda Toshkent shahar, Mirobod tumani, At-Termiziy MFY, Buyuk Turon ko‘chasi, 77-uy, 37-xonadonda istiqomat qiluvchi Mamatova Mavluda Ixtiyor qizi qatnashib, bugungi kunda u pedagok-o‘qituvchi ekanligini, 2026-yilning yanvar oyida magistraturani ham bitirganligini, u kimyo fani o‘qituvchisi ekanligini, ish staji 6 yil bo‘lib qiziqishi kimyo yo‘nalishi bilan bog‘liqligini, uni qiziqqan sohasi bo‘yicha lobaratoriya yoki ishonch bildirilgan ishga qabul qilishni so‘ragan.
Fuqaro Mamatova Mavluda Ixtiyor qizining murojaatidagi masalasi eshitildi hamda unga mazkur masalasi yuzasidan jamiyatning tegishli departament va bo‘lim mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilishi va qonunda belgilangan muddatda yozma javob xati yuborilishi to‘g‘risida tushuntirildi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning shaxsiy qabullari davom etmoqda.
“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi va o‘rinbosarlari, jamiyat tasarrufidagi korxona va tashkilot rahbarlari va o‘rinbosarlarining qabul kunlari va vaqti rasmiy manbalarda muntazam e’lon qilib boriladi.