Jamiyat tasarrufidagi korxona va tashkilotlarning rahbar va ularning o‘rinbosarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning shaxsiy qabuli davom etmoqda.
Uztransgaz
16.07.2026
Gʻallaorol MGQB: Shaxsiy qabulda fuqaro murojaatiga amaliy yechim belgilandi. Gʻallaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi boshligʻi Elmurod Ahadov tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi.

Qabulda boshqarmada uzoq yillar suvoqchi boʻlib ishlagan va 2016-yilda ish vaqtida baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan marhum xodim Q.Ummatovning oʻgʻli — Iskandar Xudoyqulovning murojaati tinglandi. Gʻallaorol tumani "Sarbozor" MFYda yashovchi, oilada yolgʻiz boquvchi boʻlgan I.Xudoyqulov 2022-yilda texnikumning "Arxitektura" yoʻnalishini tamomlaganini bildirib, boshqarmaga ishga kirishda amaliy yordam soʻradi. Natija: Marhum xodimning oilasini qoʻllab-quvvatlash va fuqaro bandligini ta’minlash maqsadida murojaat qat’iy nazoratga olindi.