jins

Uztransgaz

26.06.2026

“O‘ztransgaz” AJ tasarrufidagi Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasi boshligʻi Sobir Ziyamiddinovich Usmanov tomonidan 2026 yilning 11 iyun kuni jismoniy va yuridik shaxslarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazilgan.
Ushbu shaxsiy qabul jarayonida 1 nafar fuqaro Surxandaryo viloyati, Termiz shahrida istiqomat qiluvchi Nuriddin Mengniyazov murojaat qilib, ishga joylashishiga amaliy yordam berishni so‘ragan.
Murojaat joyida tegishli mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilib, murojaat bo‘yicha murojaat muallifiga huquqiy tushuntirish berish orqali hal etilishi taʼminlangan.
Bundan tashqari, joriy yilning 23 iyun kuni G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi boshligʻi Elmurod Sindarovich Ahadov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazilgan.
Mazkur shaxsiy qabulda Jizzax viloyati, G'allaorol tumani, Gulchambar QFY, Jarbuloq qishlog'i, 12-uyda yashovchi fuqaro Po'latov Azizbek Abduvali o'g'lining murojaati tinglangan.
Fuqaro Po'latov Azizbek Abduvali o'g'li o‘z murojaatida unga G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasiga ishga kirishida amaliy yordam berishni so‘ragan.
Mazkur murojaat bo‘yicha tegishli mas‘ul xodimlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, natijasi yuzasidan qonunda belgilangan muddatda yozma ravishda javob xati yuborilishi to‘g‘risida murojaat muallifiga tushuntirilgan.
Shaxsiy qabullar davom etmoqda. 

Ro'yxatga qaytish