jins

Uztransgaz

26.05.2026

#seminar #korrupsiya
Energetika vazirligida ISO 37001:2025 standartining yangi versiyasiga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi

Kecha, 25-may kuni Energetika vazirligi tomonidan oʻtkazilgan tadbirda tizim tashkilotlari hamda yoqilgʻi-energetika sohasida faoliyat yurituvchi aksiyadorlik jamiyatlarining korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari ishtirok etdi.



Seminar “ISO 37001:2025 standartining yangi versiyasi” mavzusiga bagʻishlanib, unda standartga kiritilgan asosiy oʻzgarishlar, uni amaliyotga joriy etish mexanizmlari, sertifikatlashtirish jarayonlariga tayyorgarlik hamda tashkilotlarda muvofiqlik risklarini samarali boshqarish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida ishtirokchilar sohada shaffoflik va samaradorlikni oshirish, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimlarini yanada takomillashtirish boʻyicha oʻzaro fikr va tajriba almashdilar.

Eslatib o‘tamiz, mazkur seminar Prezidentimizning 2025-yil 21-apreldagi “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari mustaqilligini taʼminlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-147-son qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

Ro'yxatga qaytish