jins

Uztransgaz

20.07.2026

2026-yil 17-iyul kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri hamda energetika tarmog‘idagi aksiyadorlik jamiyatlari rahbar va mutaxassislari ishtirokida bitiruvchi yoshlar bilan kengaytirilgan uchrashuv va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi

photo_2026-07-22_17-00-09.jpg

Mazkur tadbirda “O‘ztransgaz” AJ ham faol ishtirok etib, Jamiyat tizimidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va yosh mutaxassislar uchun yaratilgan mehnat faoliyati imkoniyatlarini taqdim etdi.
 Yarmarka davomida Jamiyatda ishlash istagini bildirgan 16 nafar bitiruvchi bilan suhbatlar o‘tkazildi. Ular tizim tashkilotlaridagi mavjud vakant lavozimlar, ishga qabul qilish tartibi hamda kasbiy rivojlanish istiqbollari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar bilan tanishtirildi.


photo_2026-07-22_17-00-12.jpg

“O‘ztransgaz” AJ iqtidorli va tashabbuskor yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda energetika sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash yo‘lida tizimli ishlarni davom ettiradi.


Ro'yxatga qaytish