jins

Uztransgaz

12.06.2025

"Hududgazta'minot" AJ gaz tarmoqlarida rejali ta'mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 12-iyun kuni quyidagi gaz taqsimlash stansiyalari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Jumaladan,

✔️Kogon MGQB tasarrufidagi "Qorako‘l" va "G‘ijduvon" gaz taqsimlash stansiyalari;
✔️Muborak MGQB tizimidagi “Qarshi-1” gaz taqsimlash stansiyasi;
✔️Samarqand MGQB xizmat ko‘rsatadigan “Samarqand-6” gaz taqsimlash stansiyasi;
✔️G‘allaorol MGQBga qarashli “Rovot” gaz taqsimlash stansiyasi;
✔️ Farg‘ona MGQB tizimidagi “Dasturxonchi” va "Manak" gaz taqsimlash stansiyalarida.

Vaqtincha noqulaylik uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz! Olib borilayotgan bu tadbirlar  tabiiy gaz uzatish samaradorligiga xizmat qilishini eslatib o‘tamiz.

Ro'yxatga qaytish

So‘nggi yangiliklar