jins

Uztransgaz

08.03.2026


✨"O‘ztransgaz" AJ gaz transporti tizimida ayollar faoliyati ham muhim o‘ringa ega. Ishlab chiqarish, muhandislik, laboratoriyalar, kadrlar xizmati, metrologiya, kompressor stansiyalarda, hisob-kitob, iqtisodiyot, yuridik yo‘nalish va boshqa ko‘plab sohalarda xotin-qizlarning ishtiroki yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ularning masʼuliyat bilan qilgan mehnati tizim barqarorligiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.

🗓8-mart arafasida ayol hamkasblarimizdan qaysi yo‘nalishda band ekanligi, o‘z kasbida nimalardan faxrlanishi va kompaniyada ayollar huquqlari qay darajada taʼminlanganligi haqida so‘radik. Javoblari bilan video lavhada tanishish mumkin.

💐Barcha ayollarni yaqinlashib kelayotgan 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy tabriklaymiz! Kasbiy yuksalish yo‘lida o‘zingizga ishongan holda, murakkabliklardan qo‘rqmasdan maqsadlar sari dadil intilishingizga tilakdoshmiz. Sizlarni mustahkam sog‘liq va oilaviy baxt tark etmasin! 💐 

Ro'yxatga qaytish