Пол

Ma'lumotlarni oshkor qilish

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishidan tashqari o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilishlar navbatdan tashqari hisoblanadi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi va tartibi, bu haqda aksiyadorlarga xabar berish usuli, shuningdek, umumiy yig‘ilishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida aksiyadorlarga taqdim etiladigan materiallar (ma’lumotlar) ro‘yxati jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.

2021 yil uchun

“Сomply or explain” (“rioya qil yoki tushuntir”) tamoyili bo‘yicha ma'lumot

Korporativ boshqaruv kodeksining 8-bandiga muvofiq, agar Kodeksning ayrim tavsiyalarini bajarishning iloji bo‘lmasa, aksiyadorlik jamiyati “Сomply or explain” (“rioya qil yoki tushuntir”) xalqaro tamoyiliga amal qilgan holda, ommaviy axborot vositalarida buning sabablarini batafsil yoritib beradi. Kodeksning 18-moddasiga muvofiq, aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashi tarkibiga kamida bitta mustaqil a'zoni (lekin uning ustavida nazarda tutilgan kuzatuv kengashi a'zolari sonining kamida 15 foizini) kiritadi.

“O‘ztransgaz” AJ ustavida Kuzatuv kengashi a'zolarining miqdoriy tarkibi 9 kishidan iborat qilib belgilangan. 2021 yil davomida Kuzatuv kengashi tarkibiga 1 nafar mustaqil a'zo kiritildi, bu esa Kuzatuv kengashi a'zolari umumiy sonining 11,1 foizini tashkil etadi.

Aksiyadorlar tomonidan ilgari surilgan va mustaqil a'zolar mezonlariga javob beradigan qo‘shimcha nomzodlar yo‘qligi sababli 2021 yilda Jamiyatdagi mustaqil a'zolar soni 15 foizga yetmagan.


2017 yil uchun

“Сomply or explain” (“rioya qil yoki tushuntir”) tamoyili bo‘yicha ma'lumot

“O‘ztransgaz” AK ijroiya organining har bir a’zosiga, shuningdek, kuzatuv kengashiga o‘tgan yakunlangan yil uchun to‘lov hali amalga oshirilmaganligi sababli to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilish mumkin emasligi haqida ma’lum qiladi. To'lov amalga oshirilgandan so'ng, ushbu ma'lumot nashr uchun e'lon qilinadi.