Пол

“O‘zransgaz” AJ aksiyalarini sotish, xadya qilish, shuningdek, meros masalalarida kimga murojaat qilsa bo‘ladi?

Fuqarolar “O‘zransgaz” AJ aksiyalarini sotish, xadya qilish, shuningdek, meros masalalarida Jamiyat investitsion vositachisi hisoblangan “Neftgazdepozit” MChJga murojaat qilishlari mumkin (www.neftgazdepozit.uz). Test

Nomzodlarga qoʼyiladigan talablar toʼgʼrisida maʼlumotlar

Номзодларга қўйиладиган минимал талаблар бўш иш ўринларга келтирилган малакавий талаблардан келиб чиққан ҳолда белгиланади. Мазкур малакавий талаблар ish.mehnat.uz сайтида бўш иш ўринлар тўғрисидаги маълумотлар билан жойлаштирилди.

Ishga qabul qilish shartlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatiga raqamlashtirishni keng joriy etish hisobiga boshqaruv shtat birliklari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 8-bandiga muvofiq, Jamiyat tizimida boshqaruv xodimlari sonini 10 foiz miqdorida qisqartirish (maqbullashtirish) belgilangan. Shtat birliklari sonini maqbullashtirish jarayonida, birinchi navbatda, mavjud bo‘sh (vakant) lavozimlar hisobidan qisqartirishni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur talabdan kelib chiqib, hozirgi kunda Jamiyatda bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjud emasligi ma’lum qilinadi.

Menga tegishli “O‘zransgaz” AJ aksiyalari bo‘yicha hisoblangan dividenlar qanday olsam bo‘ladi?

"O'ZTRANSGAZ" AJ AKSIYADORLARI O'ZLARIGA TEGISHLI AKSIYALAR BO'YICHA HISOBLANGAN DIVIDENDLARNI "O'ZTRANSGAZ" AJ RAHBARIYATI NOMIGA ARIZA BERGAN HOLDA OLISHLARI MUMKIN. ARIZANI ERKIN SHAKLDA YOZISH YOKI JAMIYAT RASMIY VEB-SAYTIDAN HAMDA +998 71 202 10 60 (ICHK| 12 453) RAQAMIGA QO'NG'IROQ QILIB NAMUNAVIY ARIZA SHAKLINI OLIB TO'LDIRISH MUMKIN. TO'LDIRILGAN ARIZALARNI JAMIYATNING INFO@UTG.UZ ELEKTRON POCHTASIGA YOKI O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, “Istiqbol” MFY, Yangi Toshkent shahrini barpo etish hududi, “O‘ztransgaz” AJ ma’muriy binosi.

Korrupsiya yoki manfaatlar to‘qnashuvi belgilari kuzatilgan hollarda bu haqda komplayens nazorat bo‘limiga qaysi aloqa kanallari orqali xabar berish mumkin?

Korrupsiya yoki manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar
Korrupsiya yoki manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar yuzaga kelganda quyidagi aloqa kanallari orqali “Oʻztransgaz” AJ Komplayens-nazorat bo‘limiga murojaat qilish mumkin:

Facebook sahifasi: Uztransgazanticorruption

Telegram bot: UztransgazAnticorruptionBot

Ishonch telefoni: (71) 202-10-60, (12399)

Rasmiy veb-sayt:
www.utg.uz


Elektron pochta:
compliance@utg.uz