Komplaens nazorati
O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PF 6013-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2020 yil 20 noyabrdan amalga kiritilgan “O‘ztransgaz” AJ tuzilmasida Komplaens – nazorat bo‘limi tashkil etildi.
“O‘ztransgaz” AJ Komplaens-nazorat bo‘limi Jamiyat va tashkiliy tuzilmalarida korrupsiyaviy xavf-hatarlarni baholash, korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarining samaradorligini monitoring va nazorat qilish hamda xodimlarining korrupsiyaviy xatti-harakatlari va odob-ahloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari o‘tqazish ishlarni amalga oshiradi.
“O‘ztransgaz” AJ va tashkiliy tuzilmalarining mansabdor shaxslari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan yoki yo‘l qo‘yilgan korrupsiyaviy xatti-harakatlar ehtimoli paydo bo‘lganda Jamiyatning rasmiy veb-saytida “Korrupsiyaga chek ko‘yish to‘g‘risida xabar ber” interaktiv tugmacha va ishonch telefoni (71) 202-10-60 ichki raqam (399) hamda UztransgazAnticorruptionsBot telegram bot yaratilgan.
Komplaens-nazorati bo‘limida korrupsiyaga qarshi komplaens tizimi monitoringini va faoliyatini ta’minlash uchun vakolatli shaxs pochta manzili: j.xolmurzaev@utg.uz