Пол

"Xiva-2" gaz taqsimlash stansiyasi tarmoqqa qayta ulanadi

"Urganchtransgaz" UK Zaungur magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli "Xiva-2" gaz taqsimlash stansiyasi iste'molchilariga gazni sifatli yetkazib berish maqsadida qo‘shimcha filtr separator o‘rnatildi.

Ayni paytda mazkur qurilmani tarmoqqa ulashga tayyorgarlik ishlari qizg‘in olib borilyapti.

Zaungur MGQB mutaxassislari stansiyadagi ishlarni bugun 26-sentabr kechki soat 18:00 ga qadar yakunlab tarmoqni ishga tushirish choralarini ko‘rmoqda.

26.09.2022

Batafsil
Qo‘ng‘irot magistral gaz quvurlari boshqarmasi tasarrufidagi “Oltinko‘l” gaz taqsimlash stansiyasida kuz-qishga tayyorgarlik maqsadida taʼmirlash ishlari olib borildi.

Qo‘ng‘irot magistral gaz quvurlari boshqarmasi tasarrufidagi “Oltinko‘l” gaz taqsimlash stansiyasida  kuz-qishga tayyorgarlik maqsadida taʼmirlash ishlari olib borildi.

Tadbir davomida Du-150 mm va Du-219 mm bo‘lgan bosim sozlash moslamasining berkitish uskunalari almashtirildi.

Shuningdek, berkitish moslamalari va RD-40-64 markali bosim sozlash uskunasi ham RDU-40-64 markali zamonaviy yangi moslamalarga almashtirildi. GTSdagi oldindan qolib ketgan va ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lmagan tugunlar olib tashlanib, quvurlar bir xil o‘lchamga keltirildi hamda bo‘yoqlash ishlari amalga oshirildi.

Bu tadbirlar stansiya ishini bir maromda ta'minlashga xizmat qiladi.

23.09.2022

Batafsil
Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasida xodimlar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi

«Urganchtransgaz» UK huzuridagi «UTG Training» o‘quv markazi mutaxassislari malaka oshirish bo‘yicha sayyor o‘quv kurslarini tashkil etib kelmoqda. Bu gal ular Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasida bo‘lib, boshqarma mutaxassislarning ishdan ajralmagan holda malaka oshirishlariga imkon beryapti.

Zirabuloq malaka oshirish darslariga Samarqand MGQBning xodimlari ham jalb etilgan. Darslar yuk ko‘tarish va tushirish moslamalarida ishlovchi (stropalщik) hamda siqilgan tabiiy gaz (metan-CH4) va suyultirilgan gaz (propan-C3H8) ballonlari o‘rnatilgan avtoulov haydovchilariga, shuningdek, yuqori bosim ostida ishlaydigan sig‘imlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha masʼul xodimlarga alohida shaklda tashkil etilmoqda.  

Tizimdagi ishchi-xodimlarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha joriy yil uchun tasdiqlangan reja-jadvali doirasida o‘tkazilayotgan ushbu sayyor o‘quv kurslari 3 kunga mo‘ljallangan.

23.09.2022

Batafsil
Gazlida gaz haydash agregatlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari davom etmoqda

Gazli MGQBga qarashli kompressor sexlaridagi gaz haydash agregatlarini 2022/2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari davom etmoqda. Shu kunlarda boshqarma mutaxassislari DKS-4 stansiyasidagi NK-12ST rusumli dvigatelini taʼmirlash ishlarini bajarmoqda.

Shu bilan birga, DKS-5B sexi mutaxassislari 300-sonli gaz haydash agregatidagi filtr separator blok (BFS)larining kondensat yig‘uvchi (kondetsatosbornik) qismlarini  mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirishdi. Bu kabi amaliyotlar stansiyalar ishida uzluksizlik va barqarorlikni taʼminlashga xizmat qiladi.

22.09.2022

Batafsil
Muborak MGQBda o‘quv-profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasida favqulodda sodir bo‘ladigan holatlar va texnik nosozliklarning oldini olish rejasiga asosan navbatdagi o‘quv-profilaktik mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

22.09.2022

Batafsil
1-oktabrdan energiya tejovchi texnologiyadan foydalanayotganlarga kompensasiya berilishi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar” belgilandi. 2022-yil 9-sentabrda aholi va tadbirkorlik subyektlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish, ushbu manbalar orqali elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlarda energiya resurslaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida imzolangan Prezident farmonida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari belgilab berildi. Bular:

  • aholi va tadbirkorlik subyektlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari xarid qilishini moliyaviy rag‘batlantirish;
  • ma’muriy-maishiy bino va inshootlarda, shu jumladan aholi massivlari va xonadonlarida muqobil energiya manbalarini qo‘llash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • mikro va kichik gidroelektr stantsiyalarini qurishga doir biznes loyihalarining jozibadorligini oshirish orqali sohaga xususiy investitsiyalarni kengroq jalb qilish;
  • quyosh va shamol elektr stantsiyalari hamda kichik gidroelektr stantsiyalari qurilmalarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

21.09.2022

Batafsil
Tilga e'tibor - elga e'tibor

Qo‘ng‘irot magistral gaz quvurlari boshqarmasida davlat tili - o‘zbek tilini qo‘llanilishiga doir yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktabrdagi hamda “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi farmonlari ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.

21.09.2022

Batafsil
“Gazli-Kogon” yo‘nalishida yangi magistral gaz quvurining IV tarmog‘ida tutashtirgichni ulash ishlari bajarildi

Shu kunlarda Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi ishchi-xodimlari  Gazli-Kogon yo‘nalishidagi diametri 1020 mm bo‘lgan magistral gaz quvurining I  va III tarmoqlarini  “Gazli-Kogon” yo‘nalishida yangi qurilgan diametri 1220 mm bo‘lgan magistral gaz quvurining IV tarmog‘iga bog‘lovchi tutashtirgichni ulash ishlari bajarildi.

20.09.2022

Batafsil
Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha ishlar davom etmoqda

Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq ishlar davom etmoqda. Hozirgi kunda tarmoqdan foydalanish bo‘limi mutaxassislari - DBST yo‘nalishidagi diametri 1020 mm bo‘lgan  gaz quvurining II tarmog‘i 64-kilometrida quvur ichki yuzasini tozalash qurilmasini qabul qilish tugunida demontaj ishlari bajarildi.  

19.09.2022

Batafsil
“Urganchtransgaz” UK tasarrufidagi Aqchaloq MGQBda...

Boshqarma tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan Buxoro-Ural gaz quvurining 641-kilometrini O‘rta Osiyo-Markaz (SAS) magistral gaz quvurining 78-kilometriga bog‘lovchi tarmoqda 800 metr uzunlikdagi diametri 1020 mm bo‘lgan magistral gaz quvuri qayta izolyatsiya qilindi.

16.09.2022

Batafsil
Belgilangan reja muddatidan avval bajariladi

Magistral gaz quvurlari tizimida amalga oshirilishi belgilangan aniq chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, 2022-yilda "O‘ztransgaz" AJ tizimidagi Кompressor stansiyalaridagi 89 ta gaz haydash agregatini taʼmirlash ko‘zda tutilgan bo‘lib, shuning 30 tasi mukammal, 41 tasi o‘rta va 18 ta joriy taʼmirlash belgilangan edi.

16.09.2022

Batafsil