Yangiliklar
11.11.2025
Batafsil
11.11.2025
Batafsil
“O‘ztransgaz” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025-yil 21-noyabr kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tishi haqida xabar qiladi. “O‘ztransgaz” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazish joyi: Toshkent viloyati, Yuqori chirchiq tumani, Yangi Toshkent shahrini barpo etish hududida joylashgan “O‘ztransgaz” ma’muriy binosining majlislar zali, telefon raqami: (71) 202-10-60 (ichki 12452), elektron pochta manzillari: info@utg.uz, korporativ@utg.uz,
Kun tartibi:
1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi ish tartibini, sanoq komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini hamda uning vakolat muddatini tasdiqlash.
2. “Abu Dhabi Commercial Bank PJSC (ADCB)” (Birlashgan Arab Amirliklari) bankidan Davlat kafolatisiz 300 mln AQSH dollari miqdorida kredit jalb qilishni ko‘rib chiqish va ma’qullash to‘g‘risida.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlarning reestrini shakllantiradigan sana – 2025-yil
29-oktabr.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi uchun aksiyadorlar reestrini shakllantiradigan sana – 2025-yil 17-noyabr.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qatnashchilarini ro‘yxatga olish
2025-yil 21-noyabr kuni soat 10:30 dan 10:55 gacha o‘tkaziladi. Aksiyadorlardan ular bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va aksiyadorlarning vakillaridan ishonchnoma talab qilinadi.
Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan ma'lumotlar (materiallar) bilan Toshkent viloyati, Yangi Toshkent shahrini barpo etish hududida joylashgan “O‘ztransgaz” AJ binosida tanishishlari mumkin.
“O‘ztransgaz” AJ Kuzatuv kengashi
31.10.2025
Batafsil