Barqaror rivojlanish — "O'ztransgaz" AJ kelajagining magistral yo'li

"O'ztransgaz" AJ o'z faoliyatida ESG yondashuvlarini izchil joriy etmoqda: barqaror rivojlanish tamoyillari kompaniyaning biznes modeliga, boshqaruv va operatsion qarorlariga singdirilmoqda. Kompaniya mahalliy ta'minot zanjirini rivojlantirmoqda va xodimlarning Ayollar klubini qo'llab-quvvatlamoqda.

Quyosh energiyasi loyihalari "O'ztransgaz" AJning uglerod izini kamaytirish va gaz tashish tarmog'i samaradorligini oshirishga yordam beradi. Korrupsiya va firibgarlikning har qanday ko'rinishlarini aniqlash va ularga qarshi kurashish bo'yicha muntazam ishlar olib borilmoqda.